Перейти к содержимому

Пост канала

Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)
  1. видео

    Özbekistonlik haydovçi Ufada 9 yilga qamaldi Ufaning Oktyabr tuman sudi ölim bilan tugagan avariyada aybdor deb topilgan 28 yoşli samosval haydovçisiga nisbatan hukm çiqardi.  Özbekistonlik muhojir haydovçi 12 ta maşina şikastlangan va 3 kişi halok bölgan YTH uçun 9 yilga manzil-koloniyaga hukm qilindi. Yana bir yölovçining soğliğiga oğir zarar yetgan. Tergovning aniqlaşiça, 2025-yil oktyabr oyida sudlanuvçi “Shacman” rusumli yuk maşinasini haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan. Avtomobilning tormoz tizimi nosoz bölgan, haydovçi esa yölga çiqişdan oldin uni tekşirmagan. Bundan taşqari, u yöl şaroitlarini hisobga olmasdan, ruxsat etilgan vazn va tezlikni oşirgan holda noqonuniy tarzda yuk taşigan. Boşqaruvni yöqotgan holda, u Ufa şossesi va Çudskaya köçasi çorrahasida 12 ta yönalişdoş avtomobil bilan töqnaşgan. Asosiy jazo muddatidan taşqari, sud unga koloniyadan çiqqanidan keyin 3 yil davomida transport vositalarini boşqarişni taqiqladi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 📲 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

    Открыть в MAX
    Просмотры
    3 107
    ER
    0,5%
    Реакции
    15