Перейти к содержимому

Пост канала

Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)
  1. ссылка

    𝗕𝗲𝗹𝗮𝗿𝘂𝘀𝗱𝗮 𝘅𝗼𝗿𝗶𝗷𝗶𝘆 «𝗽𝗿𝗮𝘃𝗮» 𝗼‘𝘁𝗮𝗱𝗶𝗺𝗶? ✅ Belarusda vaqtincha bo‘lib turgan yoki vaqtincha yashayotgan xorijiy fuqarolar boshqa davlatda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarishlari mumkin. Bu haqda Belarus Ichki ishlar vazirligi Fuqarolik va migratsiya departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Inna Studenichnik ma’lum qildi. 💬 Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda vaqtincha bo‘lgan yoki istiqomat qilayotgan chet elliklar, 1968-yilgi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi talablariga javob beradigan, rus yoki belarus tillarida yozilgan yoki ushbu tillardan biriga tasdiqlangan tarjimasi bo‘lgan amaldagi xorijiy haydovchilik guvohnomasi bilan mashina boshqarishlari mumkin. Doimiy yashash uchun ruxsatnoma yoki biometrik yashash uchun ruxsatnoma olganlar 90 kun ichida xorijiy guvohnomalarini Belarus haydovchilik guvohnomasiga almashtirishlari shart. ❌ Ushbu talab Rossiya milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolariga taalluqli emas. Inna Studenichnik shuningdek, guvohnomasiz mashina boshqarish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgan. Bir yil ichida takroriy qoidabuzarliklar jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Ichki ishlar vazirligi barcha xorijiy fuqarolar, ularning maqomidan va fuqaroligidan qat’i nazar, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari shartligini ta’kidladi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

    Открыть в MAX
    Просмотры
    2 517
    ER
    0,5%
    Реакции
    12