Перейти к содержимому

Пост канала

Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)
  1. фото

    💬 Rossiyadan vaqtincha ketganda patent to‘lovini to‘xtatib turish mumkinmi? 💬 Rossiyada patent asosida ishlayotgan xorij fuqarolari uning amal qilishini bir necha oyga to‘xtatib, qaytib kelgach to‘lovlarni yana davom ettira olmaydi. Patent amalda qolishi uchun belgilangan avans to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borish zarur. Bu talab muhojir vaqtincha ishlamayotgan yoki Rossiya hududidan tashqarida bo‘lgan davrga ham taalluqli. 📄 Rossiya Soliq kodeksining 227.1-moddasiga muvofiq, patent bo‘yicha soliq belgilangan miqdordagi avans to‘lovlari shaklida to‘lanadi. Ya’ni belgilangan summani patentning amal qilish muddati uzaytiriladigan davr uchun oldindan to‘lash kerak. ▪️ To‘lovni amalga oshirishda patent berilgan sanaga e’tibor berish lozim. Bu sana patentning o‘zida ko‘rsatilgan. To‘lov kechikib qolmasligi uchun uni mazkur sana kelishidan bir necha kun oldin amalga oshirish tavsiya etiladi. 💬 2026-yilda Moskva shahri va Moskva viloyatida patent asosida ishlayotgan xorij fuqarolari uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan avans to‘lovi oyiga 10 ming rublni tashkil etadi. 📊 Shunday qilib, agar muhojir, masalan, uch oyga Vataniga ketsa, ammo amaldagi patentini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, shu uch oy davomida ham to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirib borishi shart. Patentga vaqtincha «tanaffus olish» — ya’ni ishlamayotgan yoki Rossiyada bo‘lmagan vaqtda uning amal qilishini to‘xtatib turish imkoniyati mavjud emas. 🛑 Agar navbatdagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, patentning amal qilish muddati tugaydi. Rossiyaga qaytib kelgandan keyin eski patent uchun to‘lovni davom ettirib, uni qayta tiklab bo‘lmaydi. Qonuniy ishlash uchun yangi patent rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. ⚠️ Bundan tashqari, xorij fuqarolari yana bir muhim talabni unutmasligi kerak: patent berilgan kundan boshlab ikki oy ichida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani haqida xabarnoma - "uvedomleniye" taqdim etishi shart. Agar bu talab bajarilmasa, patent bekor qilinadi va yangi patentni faqat bir yildan keyin rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

    Открыть в MAX
    Просмотры
    3 089
    ER
    0,8%
    Реакции
    26